marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

Uzum tezkor

Nomzodlik: Boshqa

2023-yil uchun yutuqlar

2023-yil bizga nimasi bilan yodda qoldi? Uzum raqamli ekosistemasi doirasida biz yangi — restoran va doʻkonlardan yetkazib berish servisi — Uzum Tezkor'ni ishga tushirdik. 6 oylik faoliyati davomida Uzum Tezkor Oʻzbekistondagi foodtech-bozori yetakchilaridan oʻzib ketdi.

Loyiha ishga tushgandan beri biz:

— brendning Oʻzbekistonda 90% tanilishiga erishib, Toshkentdagi eng mashhur yetkazib berish xizmatlaridan biriga aylandik;

— 1000 dan ortiq kafe-restoran bilan hamkorlikka erishdik, har kim u yerdan jahon oshxonasining sevimli taomlarini buyurtma qilishi mumkin;

— yetkazib berishning yangi standartini kiritdik — 30 daqiqa. Shu sababli ham sevis "Tezkor" deb nomlanadi;

— millionlab oʻzbekistonliklar tomonidan sevildik;

— Oʻzbekiston hududida Google Play va App Store servislaridagi "Taom va ichimliklar" boʻlimida birinchi o'rinni egalladik. Ilovamizni butun mamlakat bo'ylab 1 700 000 foydalanuvchi yuklab oldi;

— Katta-katta hamkorlik aksiyalarini oʻtkazdik, bu foydalanuvchilarimizga juda manzur boʻldi;

— brendning geografik qamrovini kengaytirdik. Uzum Tezkor Andijon, Samarqand va Fargʻonada ishga tushdi;

— 1000 dan ziyod ish oʻrinlarini yaratdik;

Bularning barchasiga 6 oylik faol harakatimiz tufayli erishdik!

Uzum Tezkor — millionlab oʻzbekistonliklarning hayotini yengillashtiruvchi yetkazib berish servisi, chunki har bir mijoz uchun tezkorlik, ishonchlilik va foydalanish imkoniyati kafolatlangan.

Agar siz hali ham bizning xizmatimizdan foydalanmagan boʻlsangiz...

Unda nimani kutyapsiz?

Axir Uzum Tezkor pand bermaydi!

Video:

Roʻyxatga qaytish