
- Arizalarni qabul qilish: 2024-yil 15-yanvar – 25-mart
VII MUKOFOTI
2023-YIL
BRENDI
Mukofot bilan o‘tgan yilda O‘zbekiston bozorida yuqori samarali marketing yutuqlariga erishgan eng muvaffaqiyatli brendlar taqdirlanadi.
“Yil brendi” mukofotidan ko‘zlangan maqsad mahalliy bozorda muvaffaqiyatli ishlagan eng yaxshi marketing jamoalari va ekspertlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, O‘zbekiston tadbirkorlik sohalari, marketing va reklama xizmatlari bozorining infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.

Mukofot bosqichlari
Arizalarni qabul qilish va to`lov
2024-yil 15-yanvar – 2024-yil 25-mart (shu sana ham kiradi)
Ekspert hay'ati va iste'molchilar ovoz berishi
2024-yil 1-aprel – 2024-yil 1-may (shu sana ham kiradi)
Mukofot natijalarini e'lon qilish
2024-yil 18-19-maydagi
Taqdirlash marosimida
MAKON biznes-forum
BRENDLARGA MUKOFOTDA QATNASHISHDAN FOYDA NIMADA?
Imkoniyatlar
Biznes-muvaffaqiyatlarni qayd etish va keng omma oldida brendning marketing yutuqlarini taqdim etish imkoniyati. Mukofot natijalarining O‘zbekiston Marketing uyushmasi talqiniga ko‘ra Brendlar va agentliklarning marketing samaradorligi har yilgi reytingiga kiritilishi.
E'tirof
Brendning marketing bo‘yicha mutaxassislari rolining kuchayishi hamda ularning xizmatlari va mehnatlari natijalarining e'tirofi, brendning barcha biznes-jarayonlari uchun marketingning ahamiyatini ommalashtirish.
Ishtirok
2022-yilda 335 000 kishiga yetgan iste'molchilar ochiq xalqona ovoz berishida va Uyushmaning 200 dan ziyod ekspertlari va sheriklari ovoz berishida brendning ishtiroki. Mukofot uchun har yilgi ovoz berish O‘zbekistonda iste'molchilar sadoqatiga oid marketing tadqiqotining eng keng ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi.
Maqom
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi va O‘zbekiston Marketing uyushmasi tomonidan iste'molchilar va ekspertlar e'tirofiga ko‘ra «2022-yil brendi» maqomini olish va undan reklamada hamda ommaviy axborot vositalarida foydalanish huquqiga ega bo‘lish imkoniyati.
MUKOFOT EKSPERT HAY'ATI
Mukofot hay'ati tarkibi O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlari, ekspertlari – tegishli professional tajriba va yutuqlarga ega marketing, reklama sohasidagi yetakchi mutaxassislardan tashkil etiladi.

Nabishev Alisher
GMedia

Abbosov Orifjon
STROYMART DEVELOPMENT

Abdukarimbekova Karine
Trefoil Femina

Abdullaeva Sevara
Beau Universe

Abduqahhorov Bobur
Jetso

Abdurashidov Rasul
MACBRO

Abduraximov Otabek
“O’zsanoatqurilishbank” ATB

Abdurazakov Oraz
GRANDPR

Abdusalyamov Ravshan
RA Production

Abiev Ilhom
AKFA

Adigeeva Aziza
Lerna

Adxamov Rahmatulloh
BLACKJACK MEDIA SOLUTIONS