2023-yil uchun yutuqlar
Aksiyadorlik tijorat «AloqaBank» Oʻzbekistonning yirik davlat banklaridan biri boʻlib, oʻz faoliyatini 1994-yildan buyon amalga oshirib kelmoqda. Bankning kompleks xizmat koʻrsatish markazlari resupublikamizning barcha hududlarini qamrab olgan. Bugungi kunda Respublika bo‘ylab 15 ta Hududiy kompleks xizmat ko‘rsatish markazi va 100 ta Kompleks xizmat koʻrsatish markazlari, bundan tashqari 240+ Bankomat va Infokiosklar orqali iqtisodiyotning real sektori korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga keng ko‘lamli bank xizmatlarini koʻrsatadi. Sodda, qulay va jozibali bank mahsulotlarini tanlash imkoniyatini beruvchi ilg‘or raqamli texnologiyalar integratsiyasi orqali noyob axborot texnologiya yechimlarini yaratish hamda shu yo‘l bilan Bankni moliya bozorida yetakchi IT-kompaniyasiga aylantirish bankning asosiy missiyasi hisoblanadi. 2023-yil yakuniy natijalariga ko‘ra AloqaBank aktivlarining umumiy miqdori 16 044,7 mlrd so‘mni tashkil etadi, xususiy kapitali esa 2 643,2 mlrdni va daromadining likvidlilik darajasi bo‘yicha davlat banklari reytingida 1-o‘rinda, umumi banklar ro‘yxatida esa 10-o‘rinni egallagan. AloqaBank 2023-yilda o‘z brediga o‘zgartirish kiritdi va o‘zining eko tizimini yaratdi. Uning tarkibiga: «AloqaVentures» venchur fondi, «AloqaBusiness» platformasi, «AloqaLizing» lizing kompaniyasi, «AloqaAktiv» investitsiya kompaniyalari kiradi. «AloqaVentures» venchur fo‘ndi 22 ta start-up loyihalarni moliyalashtirgan va hozirgi kunda 8 mln AQSH dollari kapitalga ega. Ular qatoriga «Mohirdev» ta‘lim platformasi, «JETT» aksiyalarning savdosi uchun onlayn platforma, «ProTok» samakatlarni onlayn ijaraga berish xizmati, Zypl, KPI.com (http://kpi.com/) va Sello kabilar shular jumlasidan. Bundan tashqari AloqaBank yosh shaxmatchilarni ham qo‘llab-quvvatlab keladi, bunga misol qilib hozirgi kunda dunyo retingida 4-o‘rinni egallab kelayotgan Nodirbek Abdusattorovni keltirishimiz mumkin. Yosh shaxmat yulduzi 2 yildirki AloqaBank brendini himoya qilib keladi.