marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

Payme

Nomzodlik: To'lov tizimlar

Payme

ПОБЕДИТЕЛЬ ПРЕМИИ
“БРЕНД ГОДА 2023”

Поделиться:

2023-yil uchun yutuqlar

Kompaniya haqida maʼlumot:

Kompaniya 2012-yilda tashkil etilib, 2013-yilda O‘zbekistondagi to‘lov tizimlari bozorida birinchilikni egalladi.

Payme mobil ilovasi 2016-yilda ishga tushirilgan. Hozirgi kunda Payme O‘zbekistondagi eng mashhur to‘lov vositalaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston bo‘ylab 12 000 000 ga yaqin foydalanuvchiga ega.

Foydalanuvchilar o‘z mablag‘lari uchun qulay va ishonchli ilova sifatida Payme’ni tanlaydi. 

Payme ijtimoiy loyihalarga ham katta eʼtibor qaratadi, jumladan, ko‘p qavatli binolarning fasadlaridagi mozaikalarni (madaniy meros) reklama bannerlaridan ozod qilishga ham o‘z hissasini qo‘shgan. 

Payme Mahalla – ushbu loyiha uzoq hududlardagi maktab va ta’lim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan. 

#AyolTadbirkorligiTarafida — ushbu loyiha ayol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Buning uchun alohida platforma yaratilib, har bir tadbirkor ayolning ish faoliyati yoritib borilgan. 

Shuningdek, foydalanuvchilarning hikoyalari asosida ssenariy yozilib, qisqa metrajli filmlar yosh rejissyorlar tomonidan surʼatga olingan. 

Bundan tashqari, ilova birinchi marotaba X-Factor shousi ishtirokchilari uchun ovoz berish imkoniyatini ishga tushirib, chiptalarni onlayn xarid qilish xizmatini taqdim etdi. Bunday yondashuv shouning butunjahon tarixidagi birinchi tajribasi boʻldi.

Payme – O‘zbekiston aholisi uchun yaratilgan hayotiy yechimlar!

Video:

Roʻyxatga qaytish