2022-yil yakunida kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan “Yil brendi-2022” mukofotida eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi deb topildi. 2023-yil yakuniga ko‘ra, “KAFIL SUG‘URTA” AJ asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha sug‘urta bozorida 43 ta sug‘urta kompaniyalari orasida 7-o‘rinni egallab, O‘zbekistonning yetakchi sug‘urta kompaniyalari o‘ntaligiga kirdi. Milliy ishonchlilik shkalasiga ko‘ra, u “Eng yuqori” prognozli uzA++ reytingiga ega. 2023-yil dekabr oyida “KAFIL SUGʻURTA” AJga “Moody’s Investors Service” xalqaro reyting agentligi tomonidan sugʻurtalovchining moliyaviy barqarorligi boʻyicha milliy va xorijiy valyutada “B2” darajasida “Barqaror” prognozi bilan xalqaro reyting berildi. ” (https://www. moodys.com/research/null-Moodys-assigns-a-B2-IFSR-to-JSC-Kafil-Sugurta-stable-outlook-Rating-Action--PR_1000008757). 2023 yil oxirida sug‘urta tushumlarining o‘sishi 2022 yilga nisbatan 169 foizni tashkil etdi.