2023-yil uchun yutuqlar
I-test - web texnologiyalarni, amaliy matematika asoslarini, sifat boshqaruvi, ISO/IEC 17025, ISO/IEC 17065 va ISO 9001 xalqaro standartlari bo'yicha muvofiqligini baholash va baholash sohasiga bog'liq qo'llanmalarni o’z ichiga olgan birinchi milliy startap. 2023-yilda Google va Microsoft kabi kompaniyalar tomonidan qo'llanadigan so'nggi veb texnologiyalari amalga tadbiq qilindi. I-test - bizning raqamlashtirish va jahon hamjamiyatiga to'liq integratsiyalanayotgan davrda katta talabga ega bo’layotgan sifat nazoratiga iqtisoslashgan kompaniyalarning resurslarini mukammal boshqarish vositasiga aylandi. Muhim muvaffaqiyatlardan biri, faoliyatning va boshqarish tizimining avtomatik risk-tahlili va samaradorlikni hisobga oluvchi mexanizmini amalga tadbiq qilinishi bo'ldi. Didox tizimi bilan integratsiya amalga oshirildi. Ushbu muvaffaqiyatlar yaqin kelajakda I-testni sifat baholashda tizimli xatoliklarni va kamchiliklarni oldini oluvch, o’z-o’zini boshqaruvch intelektual va yuqori texnologik IT mahsulotga aylantirishiga imkonini beradi.