ccTLD.uz
Nomzodlik: Aloqa

2023-yil uchun yutuqlar
ccTLD — .UZ domen milliy ma’muriyaticcTLD.uz — bu nafaqat domen zonasi, balki O‘zbekistonda innovatsiya va taraqqiyot ramzi. Har yili faol domenlar soni o‘sib bormoqda, bu mamlakatning raqamli iqtisodiyotining rivojlanishini bildiradi.
ccTLD.uz mahalliy kontentni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va madaniyat, biznes uchun sifatli platformani taklif etadi.
Innovatsiyalar va xavfsizlik talabi DNSSEC texnologiyasini joriy etish, mobil ilovani ishlab chiqish va milliy internetning har bir foydalanuvchisi uchun himoya va qulaylikni kafolatlaydigan Redemption period tizimini yaratish orqali qo‘llab-quvvatlanadi.
Bundan tashqari, innovatsion loyihalardan biri blockchain texnologiyasiga asoslangan domen nomlari uchun NFT sertifikatlarini joriy etish bo‘ldi.
Domen zonasining so‘nggi loyihasi sanalmish “Token.uz” – boshqa shaxslar tomonidan o‘zgarishlardan himoya qiladi, ma’lumotni saqlash shaffofligini kafolatlaydi.
ccTLD.uz innovatsiya va hamkorlikni qadrlaydi, buni ochiq ma’lumotlar va texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro konferensiyalar va xakatonlarda ishtirok etish ham tasdiqlaydi.
ccTLD.uzga ovoz bering — .UZ domeni ma’muriyati, biznes va ta’lim uchun ishonchli va xavfsiz muhit yaratib, O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishga faol hissa qo‘shayotgan milliy .UZ domenini qo‘llab-quvvatlang.