TelecomTV
Nomzodlik: Aloqa

ПОБЕДИТЕЛЬ ПРЕМИИ
“БРЕНД ГОДА 2023”
Поделиться:

2023-yil uchun yutuqlar
TelecomTV – UZTELECOMning butun oila uchun zamonaviy interaktiv televideniye xizmati bo‘lib, u ko‘plab qulay xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan videokontentni ko‘rish imkonini beradi:
- Telekanallar, filmlar, seriallar, multfilmlar va sport translatsiyalari bitta xizmatda;
- Tomosha qilish uchun har qanday qurilmadan foydalanishingiz mumkin: mobil telefon, planshet, kompyuter, televizor va TV-pristavka;
- Mobil telefondan foydalanilganda Internet-trafik sarflanmaydi;
- Ota-ona nazorati bolalarni nomaqbul kontentdan himoya qiladi;
- Tomosha qilishni boshqarish uchun sozlamalar va funksiyalar alohida qulaylik yaratadi.
Xizmat 2023-yilda ishga tushirilgan va qisqa vaqt ichida bir qator yutuqlar bilan eʼtirof etilgan.
- Bugungi kunda ilova AppStore va Google Play orqali 1 milliondan ortiq marotaba yuklab olingan.
- Google Playdagi ko‘ngilochar ilovalar chartining TOP 3 taligiga kirgan.
- 5000 dan ortiq filmlar, seriallar, multfilmlar, shuningdek, 120 dan ortiq telekanallarni o‘z ichiga oladi, ulardan 40 dan ortig‘i HD formatda.
- Ikki mashhur onlayn-kinoteatrlar – “Megogo” va “More.tv”dan tashqari, oʻzbek kontentining katta assortimentini o‘z ichiga olgan oʻzining “Milliy” kinoteatri ham mavjud.
- Xizmatdan foydalanuvchilarning 60% dan ortig‘i smartfonlardan foydalanishadi (smartfonlar orqali ko‘rishadi), bu, mobil qurilma orqali tomosha qilishning ommalashganligi va qulayligini ko‘rsatadi.
- Hozirgacha xizmat foydalanuvchilari 7,5 million soatdan ortiq kontentni tomosha qilishgan.
- Xizmat foydalanuvchilari uchun muntazam ravishda “ICTWEEK va televizor sovrinli o‘yini”, “Setanta Sports obunasidan 30 kun qo‘shimcha to‘lovlarsiz foydalanish”, “All inclusive Navruz” kabi keng ko‘lamli aksiyalar va boshqalar muntazam ravishda o‘tkaziladi.
- Foydalanishdan mukammal taasurotlar olish uchun xizmat doimiy ravishda yangilanadi va takomillashtiriladi.