marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

CHINOR MEDICAL CENTER

Nomzodlik: Tibbiyot markazlari

2023-yil uchun yutuqlar

2023-yilda 490 dan ortiq bolalarda plastik, rekonstruktiv va estetik jarrohlik amaliyotlari, va 400 dan ortiq kattalar va bolalarda LOR jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Yil davomida «CHINOR MEDICAL CENTER» jamoasi 44 dan ortiq xayriya jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirdi, shuningdek, Koreyalik shifokorlar bilan birgalikda Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan xayriya aksiyasida faol ishtirok etib, 200 dan ortiq ko’riklar va 15 dan ortiq plastik jarrohlik amaliyotlarini muvaffaqiyatli o‘tkazishdi. 2023-yil yozida jamoamiz safiga yuqori malakali va tajribali plastik va estetik jarrohlar kelib qo‘shildi, va ular qisqa vaqt mobaynida rinoplastika, blefaroplastika, mammoplastika, liposaktsiya kabi turli yo‘nalishlarda 610 dan ortiq jarrohlik amaliyotlarini o’tkazishdi. Markazimizda 2023-yilda 3 ta xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, shuningdek, Rossiya, Koreya va Turkiyadan kelgan yuqori malakali plastik jarrohlar ishtirokida 5 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi.

Video:

Roʻyxatga qaytish