2023-yil uchun yutuqlar
SEHAT CLINIC turli jarrohlik, urologik va ginekologik assotsiatsiyalar - Rossiya va jahon bilan hamkorlik qilib, faol pozitsiyani egallaydi. Bu nafaqat bizning mutaxassislarimizning so'ngi tibbiyot yutuqlaridan habardor bo'lishini ta'minlaydi, balki bizga o'z ishlanmalarimizni boshqalar bilan baham ko'rish imkonini beradi, xususan, uretrani torayishida uretroplastika operasiyasi va 2-toifa diabetni davolash uchun murakkab va noyob operasiyalar. Bizning klinikamiz Germaniyaning Rostok shahridagi markaziy klinikasi, Turkiyaning Istambul shahridagi "Medar" shifoxonalari bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo'ldi, u erda har yili 3-4 nafar shifokorni malaka oshirishga yuboramiz. 2023-yilda klinikamizda 2500 dan ortiq operatsiyalar, shu jumladan 2-toifa qandli diabet va semirishni davolash bo‘yicha 200 ta bariatrik operatsiyalar, professor, travmatolog Pradip Singx Kumar tomonidan bolalarda varus va valgus deformatsiyasi bo‘lgan 50 ga yaqin murakkab operatsiyalar, ginekologik kasalliklarni rossiyalik mutaxassislar, ginekolog, tibbiyot fanlari doktori Natalya Aleksandrovna Buralkina, Rustem Talgatovich Ayupov bilan birgalikda ginekologik operatsiyalar, Germaniyaning Kyoln shahri markaziy shifoxonasi urologi, dosent Luisa Halbe bilan birgalikda urologik operasiyalarni, Turkiyadan kelgan mutaxassislar bilan hamkorlikda LOR kasalliklarini davolash operatsiyalari amalga oshirildi. Biz har oy xayriya tadbirlarini o'tkazamiz: LOR, ginekologiya, urologiya, endokrinologiya va onkologiya kasalliklarini erta tashxislash uchun Hindiston, Koreya, Rossiyadan taklif etilgan mutaxassislar bilan shahrimizdagi bemorlarni ko'rikdan o'tkazamiz va maslahat beramiz. Shuningdek, onkourologiya bo'limida noyob va juda murakab bo'lgan amaliyotni, bemorlarda bepul operatsiyalari - siydik chiqarishni tiklash uchun keyingi ileoplastika bilan laparoskopik radikal prostatektomiya o'tkazildi. Har oy poliklinikamiz Moskva shahridan proktolog va flebolog Aleksey Proxotskiyning klinikamizga shahrimizdagi mutaxassislar uchun mahorat darslarini o'tkazish uchun tashrifini tashkil qiladi.