marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

КНАУФ

Nomzodlik: Ishlab chiqarish

2023-yil uchun yutuqlar

KNAUF guruhi 1993-yildan beri MDH davlatlari hududida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi xalqaro kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda KNAUF guruhi dunyodagi eng yirik gips asosidagi qurilish pardozlash materiallarini ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

KNAUF O'zbekistonda

2005-yilda KNAUF firmasi "Buxorogips" OAJ ning davlat aksiyalari paketini sotib olish bo'yicha tanlovda g'olib bo'ldi va fond bozorida qo'shimcha xariddan so'ng jamiyat aksiyalarining nazorat paketiga ega bo'ldi. Modernizatsiyadan so'ng 2009-yildan boshlab "Buxorogips" korxonasida gips asosidagi mashhur KNAUF quruq qurilish aralashmalarini ishlab chiqarish boshlandi.

2011-yil sentyabr oyida Buxoro shahridagi KNAUF GIPS korxonasida KNAUF-listlarini ishlab chiqarish bo'yicha yangi zavodni ishga tushirish tantanali marosimi bo'lib o'tdi, 2018-yilda esa ishlab chiqarish quvvatlarining oshish munosabati bilan rekonstruksiya qilindi.

KNAUF guruhining barcha uchta korxonalariga va gipsli tosh konlariga kiritgan umumiy sarmoyasi 90 million yevrodan oshdi.

O'zining O'zbekistondagi faoliyati boshidanoq KNAUF zamonaviy qurilish texnologiyalari va materiallari bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga sarmoya qiladi. KNAUF O'zbekistonda KNAUFning to'plam tizimlarini turli darajalarda qo'llash bo'yicha – Buxoro va Toshkentdagi o’z o'quv markazlari, Toshkent va Samarqanddagi ikkita maslahat markazlari yordamida, shuningdek, 8 ta kollej va qurilish profilidagi 7ta OTM bilan hamkorlik orqali ta'lim olib boradi.

Video:

Roʻyxatga qaytish