marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

Uzum market

Nomzodlik: Savdo

Uzum market

ПОБЕДИТЕЛЬ ПРЕМИИ
“БРЕНД ГОДА 2023”

Поделиться:

2023-yil uchun yutuqlar

Qanday qilib butun O‘zbekistonni 1 yilda onlayn xaridlarga o‘rgatish mumkin

O‘zbekiston onlayn xaridlarni shahar aholisining faqat bir qismigina amalga oshiradigan mamlakatdir – bor-yo‘g‘i 33%.

Uzum Market kelguncha holat shunday edi. Biz o‘z oldimizga odamlarning onlayn xaridlarga bo‘lgan munosabatini butunlay o‘zgartirish, hatto eng chekka hududlarda ham qimmat uskunalar bilan bir qatorda kungaboqar yog‘i yoki un kabi oddiy mahsulotlarga ham buyurtma berishni odatiy holga aylantirish vazifasini qo‘ydik.

Marketpleysni ishga tushirganimizda bir qator tadqiqotlar o‘tkazdik va odamlar onlayn xaridlarga ishonmasliklarini hamda ularni qanday amalga oshirishni bilmasliklarini angladik.

Ushbu to‘siqlarga qarshi kurashish uchun butun O‘zbekiston bo‘ylab topshirish punktlari tarmog'ini ochdik, qulay to‘lov imkoniyatini uladik va operatsion hamda mahsulot yechimlaridan tashqari, keng ko‘lamli 360 reklama kampaniyasi seriyalaridan iborat aloqa strategiyasini ishlab chiqdik va amalga oshirdik. 

Brendni insoniylashtirish va unga ishonchni mustahkamlash uchun mashhur yulduzni jalb qilishga qaror qildik. O‘zbekistonning 40 dan ortiq eng mashhur yulduzlarini sinovdan o‘tkazganimizdan so‘ng, tanlovimiz o‘zbek aholisining bir necha avlodi kumiri va barcha sinovlarning mutlaq lideri xonanda Shaxzodada to‘xtadi.

2023 yil davomida u va auditoriya bilan birgalikda biz ma'lum maqsadlarni bajargan holda mamlakatda onlayn xaridlarning har bir bosqichidan o‘tdik:

Tanishish va o‘rganish
Birinchi xarid
Odatning shakllanishi

Har bir reklama kampaniyasi yagona, yengil, musiqiy hamda o‘ziga xos va mahalliy reklama klatteri uchun yangi formatda o‘tkazildi — va bizga hayratda qoldiradigan taniqlilikni olib keldi.

Har bir yangi reklama kampaniyasi bilan brend tanilishi va asosiy brend ko‘rsatkichlarining yangi rekordlarni o‘rnatishi — eng katta kutuvlarimizdan ham o‘zib ketdi.
Kreativlarning samaradorligi ham oshdi — bitta kreativ kadrdan foydalanish, taniqli ohang va videolardagi yaxshi brendlanish evaziga mahalliy eng yirik chakana sotuvchi 51% benchmarkga ega bo‘lgan holatda biz 89% brend bilan to‘g‘ri aloqaga erishishga muvaffaq bo‘ldik.

Brend ohangi esa butun O‘zbekiston bo‘ylab mashhurlikga erishdi.

Yil natijalari o‘zi uchun gapiradi:

Uzum Market tufayli shahar aholisining 75 foizi tovarlarni onlayn xarid qilmoqda — bu 2.2 barobarga o‘sish, 66 foizi esa Uzum Marketda xarid qilishga ulgurgan.

Brend TOMi = 58%, shunchaki tanish = 86% va yordam bilan tanish = juda katta 98%.

Uzum Market ilovasi 13 500 000 dan ortiq marotaba yuklab olindi, statistikada faqat 2023 yilda qurilmalarga birinchi marta yuklanganlik hisobga olingan.

GMV faoliyati birinchi yilda 23 baravar o‘sdi, hamda o‘sish sur’atlari va savdo hajmi bo‘yicha Kaspining Qozog‘iston bozorida ishga tushirilganligining birinchi yildagi natijalarini 8 oylik faoliyatning o‘zida ortda qoldirdi.

Va bularning barchasi bir yil ichida. Uzum Market — What a year!

Video:

Roʻyxatga qaytish