marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

Asaxiy

Nomzodlik: Nooziq-ovqat riteyli

2023-yil uchun yutuqlar

2023-yilning muvaffaqiyatli yakunida kompaniyamiz o‘zining noshirlik sohasidagi arzirli yutuqlarini hamda o‘z ta’sirining kengayganini qayd etdi. Sotilgan kitoblarning umumiy soni salmoqli 2 500 000 nusxalik marraga yetdi, bu holat biz taqdim etayotgan badiiy asarlarga qiziqishning muntazam oshib borayotganidan dalolatdir.

O‘tgan yil davomida biz 252 mingdan oshiq kitobni xaridorlarga yetkazib berganimizni faxr bilan e’lon qilamiz, bu esa kitobxonlarimiz ishonchining yuksak darajasidan guvohlik beradi. Biroq bizning yutuqlarimiz sotuvlarning sondagi ifodasi bilangina cheklanib qolmaydi.

«Xalq banki» bilan hamkorlik faoliyatimizdagi eng muhim jihat bo‘ldi. Imzolangan bitimga ko‘ra, bank 20 ta kitobning tarjimasini moliyalashtirdi, bu bilan mamlakatimizda bilimdonlik darajasini oshirish bo‘yicha missiyamizda katta rol o‘ynadi. Yil mobaynida 13 ta kitob samarali o‘girildi, tarjima qilingan asarlarning umumiy miqdori esa ta’kidlashga arzigulik 40 jildlik marraga yetdi.

«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i kitoblarimiz sotuvini boshlab, muhim hamkorimizga aylandi. Bu qadam biz chop etgan asarlar taqdim etiluvchi do‘konlar soni oshuvini ta’minladi – savdo nuqtalari ikki mingtaga yetdi.

«Asaxiy Murobaha» (muddatli to‘lov) loyihasi ham e’tiborga loyiq – uning yillik aylanmasi salmoqli 36 foizlik o‘sishni qayd etdi. Mazkur loyiha taraqqiyot strategiyamizning muhim qismiga aylandi va mijozlarimizning talablariga yanada moslashuvchanlik bilan javob qaytarishimizga imkon beradi.

Samarali yilni yakunlab, biz 800 kvadrat metrlik maydonga ega, avtomatlashtirilgan fulfilment markazini ishga tushirdik. Bu saqlash jarayonlarini optimallashtirish va buyurtmalarni yanada smarali bajarishimizga, natijada esa bozordagi o‘rnimizni mustahkamlashga imkon beradi hamda uzoq muddatli muvaffaqiyatni ta’minlaydi.

Video:

Roʻyxatga qaytish