marketing.uz gov.uz VII MUKOFOTI 2023-YIL BRENDI

ISHONCH

Nomzodlik: Nooziq-ovqat riteyli

ISHONCH

ПОБЕДИТЕЛЬ ПРЕМИИ
“БРЕНД ГОДА 2023”

Поделиться:

2023-yil uchun yutuqlar

ISHONCH — bu rivojlanib kelayotgan chakana savdo tarmog‘i bo‘lib, keng turdagi mahsulotlar, shu jumladan texnika, elektronika va uy-ro‘zg‘or buyumlarini sotishga ixtisoslashgan. O‘tgan 2023-yil davomida biz turli sohalarda katta yutuqlarga erishdik va sizga asosiy yutuqlarimizni quyida taqdim etamiz.

O‘tgan yilda biz O‘zbekiston bo‘ylab 49 ta yangi filial ochdik va do‘konlarimizning umumiy soni 117 taga yetdi. Yuqori tezlikda o‘sish bilan kompaniyamiz mamlakatimizdagi 100 dan ortiq do‘konga ega bo‘lgan yagona nooziq-ovqat kompaniyasiga aylandi. Bu bilan tarmog‘imiz raqobatdoshligi ortdi va xodimlarning umumiy soni 4000 dan oshdi.

Kompaniyamiz brendini rivojlantirishdagi ijodiy yondashuvimizning alohida e’tirofi sifatida 2023-yil davomida ISHONCH mahalliy va xalqaro festivallarda 30 dan ortiq mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Olmaotada qo‘lga kiritilgan Eurasian Retail Awards 2023 mukofoti Markaziy Osiyo, Kavkaz va Belarus Respublikasida chakana savdo biznesidagi yutuqlarimizni e’tirof etadi.

Ad Black Sea, KIAF, White Square, Epica, Red Jolbors va TAF kabi xalqaro festivallarda "Не только 8 марта" va "Cool Store" reklama kampaniyalari bir nechta oltin, kumush va bronza mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Ushbu yutuqlar bizning innovatsion yechimlar yaratishga va keng qamrovli xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan ishtiyoqimizni yanada oshiradi.

Video:

Roʻyxatga qaytish